Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda sirtlon o‘ldirilgani aks etgan suratlarni o‘rganib chiqdi. Vazirlik xabariga ko‘ra, voqea 2023-yilning oktabr oyi oxiri — noyabr oyi boshlarida viloyatning Sho‘rchi tumani Obodon mahallasida bo‘lgan.

sirtlon, сурхондарё, экология vaзирлиги

Qonunbuzar ham aniqlandi, holat oqibatida tabiatga 1 milliard 60 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Xodimlar o‘rganish natijasida bir bosh noma’lum hayvonning suyaklarini topdi. U qaysi hayvon turiga tegishliligini o‘rganish maqsadida tashkilotlarga jo‘natildi. Xulosa olingach, hujjatlar chora ko‘rish maqsadida prokuratura organlariga yuboriladi, deyiladi xabarda.

sirtlon, сурхондарё, экология vaзирлиги

Jinoyat kodeksining 202-moddasiga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni nobud qilish eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ekolog.uz jamoasining xabar berishicha, o‘ldirilgan sirtlon O‘zbekistonda faqat Surxondaryoda istiqomat qiladigan, o‘ta noyob tur sanaladi. Xalqaro va Qizil kitobga kiritilgan.

Surxondaryo hududida yashaydigan targ‘il sirtlon (do‘lta) Afrikadagi qarindoshidan farq qiladi. U ancha yirik va yoli bor. Go‘sht, o‘laksa, meva, hattoki och qolsa, o‘simliklar bilan ham oziqlanadi. So‘nggi yillari ularning yashash hududini odamlar tomonidan bosib olib, o‘zlashtirilishi, yaylovzorga aylantirilib, chorvaning ko‘plab boqilishi natijasida ularning soni juda kam qolib, butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida, deyiladi xabarda.

Targ‘il sirtlonlarning o‘ldirilishi birinchi marta emas, jumladan, oldinlari cho‘ponlar, mahalliy aholi, brakonerlar tomonidan o‘ldirilgan.

Targ‘il sirtlon yashaydigan hudud Tabiat milliy bog‘idan qo‘riqxonaga aylantirilishi, suratdagi kimsa esa jazoga tortilishi lozim. Zero shu paytgacha targ‘il sirtlonlarni o‘ldirgan fuqarolar jazodan qochib kelmoqda edi. Mazkur shaxs albatta topilib, jazoga tortiladi, degan umiddamiz, deya qo‘shimcha qilindi.