Andijon shahridagi alyuminiy mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi 6,8 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi.

“O‘zenergoinspeksiya” o‘tkazgan nazorat tadbirida B.S.Z. MCHJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyuminiy mahsulotini qayta ishlash sexi tashkil etgani ma’lum bo‘lgan.

U hujjatlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulanishi oqibatida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 6 milliard 782 million so‘m zarar yetkazilgan.

Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.