Markaziy bank qurilish materiallari bozori dinamikasining umumiy sharhini taqdim etdi.

So‘nggi yillarda qurilish sohasi, xususan, turar-joy qurilishi sezilarli darajada kengaydi, qayd etdi regulyator. Markaziy bank tomonidan o‘tkaziladigan iste’mol kayfiyati bo‘yicha so‘rovlarga ko‘ra, respondentlarning 15−20 foizi uyini ta’mirlashga pul sarflagan yoki ta’mirlashni rejalashtirgan, yana 8 foizi esa xonadon sotib olish niyatida ekanini bildirgan.

2021−2023-yillarda aholi mablag‘laridan turar-joy binolari qurilishiga 71,8 trillion so‘m (6,4 milliard dollar) investitsiya kiritilgan bo‘lib, bu ham ushbu sohada talab yuqoriligidan dalolat beradi. Bu, o‘z navbatida, ichki bozorda taklifning oshishiga va qurilish sektorining rivojlanishiga olib keladi, ta’kidladi Markaziy bank.

Yanvar-iyun oylarida 2 mingga yaqin qurilish korxonasi tashkil etilgan bo‘lsa, birinchi yarim yil yakuniga ko‘ra mamlakatda qurilish sohasida 30 mingdan ortiq subyekt faoliyat ko‘rsatmoqda (bu barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qariyb 7 foizini tashkil etadi). Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokidagi barcha korxonalarning 7 foizi ushbu tarmoqqa to‘g‘ri keladi.

ko‘chmas mulk bozori, markaziy bank, qurilish materiallari

Yuqori faollik natijasida qurilish mollarining ichki taklif hajmi oshib, narxlarni barqarorlashuviga va birlamchi bozorda uy-joy narxlari o‘sish sur’atlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb ta’kidladi regulyator.

Shu bilan birga, ayrim qurilish mollari tarkibida import qilinadigan komponentlar ustunlik qilmoqda. Gap, xususan, yog‘och, qora metallar, bo‘yoq va lak mahsulotlari haqida bormoqda.

Oddiy turdagi qurilish mollari importida (portlansement) pasayish tendensiyasi davom etmoqda.

ko‘chmas mulk bozori, markaziy bank, qurilish materiallari

MB jadvallaridan ko‘rinib turibdiki, may oyida uy-joylarni saqlash va ta’mirlash uchun materiallar inflyatsiyasi yillik ko‘rsatkichda 1 foizdan pastga tushdi. Yil davomida sementning import va ichki narxlari taxminan 15% ga kamaydi, import qilinadigan qora metallar (quvurlar, fitinglar) narxi pasayishda davom etmoqda.

Joriy tendensiyalarni hisobga olgan holda, qurilish tovarlari uchun import kanali orqali narxlarga bosim kuzatilmaslik ehtimoli yuqori, deya ta’kidladi MB.

ko‘chmas mulk bozori, markaziy bank, qurilish materiallari

Biz avvalroq regulyator aprel-iyun oylarida uy-joy bitimlari sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘layotganini yozgan edik. Markaziy bankning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.