Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan, Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126−1-moddasi bolaga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

Amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsada, bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi.

Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasi “Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin” mazmunidagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

Majlisda qonun deputatlar tomonidan qabul qilindi va ma’qullash uchun Senatga yuborildi.