UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobili uchun 17-iyul kuni soat 10:00 da kontraktatsiya ochilishini ma’lum qildi.
Kompaniya avvalgi (1, 2) kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalardan chiqarilgan hajmlarni sotuvga qo‘yishni ma’lum qildi.
Avtomobillarni xarid qilishda shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Telegram bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
UzAuto Motors avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozimligini eslatib o‘tdi.