Iqtisodiyot

dayjest

Ipoteka bozori qisqarmoqda, bank ipoteka stavkalari esa ko‘tarilmoqda — Markaziy bank

Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi qariyb 2 foizga — 6,88 trln so‘mga, oluvchilar soni esa 17,3 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha miqdori va bank foiz stavkalari ham oshdi.


dayjest

Korzinka “eng arzon narx” haqidagi reklamani qoidabuzarlik deb hisoblamasligini bildirdi

Korzinka supermarketlar tarmog‘i “eng arzon narx” iborasidan foydalanishni qoidabuzarlik deb hisoblamasligini ta’kidladi. Kompaniyaga ko‘ra, dastur “vaqtinchalik reklama emas, balki yangi narx strategiyasi” bo‘lib, unda eng past narxlar “uzoq muddatli va har kuni” taklif etiladi.


dayjest

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning pasayishi “vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘liq — MB

MB aprel-iyun oylarida uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘ladi. Regulyatorning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.


dayjest

MB Qulay Pul to‘lov tizimi operatorining litsenziyasini qaytarib oldi

Markaziy bank Qulay Pul to‘lov tizimi operatori va o‘z to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan UzPost shu’ba korxonasining litsenziyalarini chaqirib oldi.


Jamiyat

dayjest

UzAuto Motors 17-iyul kuni yana Cobalt uchun kontraktatsiya ochadi

17-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzishni qayta ochadi.


dayjest

Toshkentda qishloqliklarni haqoratlagan qiz jarimaga tortildi

Tarmoqlarda qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deya haqorat qilgan qiz ma’muriy jazoga tortildi. Sud unga 6,8 mln so‘m jarima tayinladi.


dayjest

O‘zbekistonning yettita viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

17−22-iyul kunlari yettita viloyatning tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.


dayjest

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz universitetga grantga qabul qilindi

Prezident Farg‘onaga tashrifi chog‘ida mahalliy aholi bilan uchrashdi va o‘sha chog‘da unga bir qiz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qish istagi borligi haqida gapirdi. Ertasi kuni u universitetga grant asosida o‘qishga kirgani to‘g‘risida sertifikatni qabul qildi.


dayjest

Bilimni baholash agentligi — huquqshunoslik fanlaridagi savollarga oid e’tirozlar haqida

Tarmoqlarda OTM imtihonlarida huquqshunoslik fanlarida darslikda yo‘q, shuningdek, kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyatlar paydo bo‘ldi. Bilimni baholash agentligi testlar DTS va o‘quv dasturlariga asoslangani, abituriyentning bilim va ko‘nikmasini aniqlashga qaratilganini ta’kidladi.


dayjest

Skuter, moped va velosipedda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped) boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.


dayjest

Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni rasman joriy qildi

Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Bunday reja may oyi oxirida e’lon qilingandi.


dayjest

Qashqadaryoda sex 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida omixta yem ishlab chiqarish sexi gaz tarmog‘iga ulanib, 1 mlrd 65 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.


dayjest

Moskva transport boshqarmasi vakillari O‘zbekiston YHXX mutaxassislari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi

Moskva transport boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekiston ko‘chalari va yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini takomillashtirish va xavfsizlikni oshirishga ko‘maklashish maqsadida Toshkentga keldi.


dayjest

Toshkentning Temur Malik ko‘chasida qurilayotgan yangi yo‘l o‘tkazgich qanday bo‘ladi?

Poytaxtning Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab o‘tadigan yangi yo‘l o‘tkazgichda burilish joylari, ko‘cha chetida velosiped yo‘laklari bo‘ladi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan joyda piyodalar yer osti yo‘lagi quriladi. Masjid oldida esa yana bitta yer osti yo‘lagi qurib bitkazilmoqda.


dayjest

Bolaga nisbatan maishiy zo‘ravonlik qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda

Jinoyat kodeksining oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126−1-moddasi bolaga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.


dayjest

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 tonna insonparvarlik yordamini yubordi (foto, video)

Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya seldan jabr ko‘rgan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga 200 tonna insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Yordam tarkibidan xo‘jalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.


dayjest

Toshkent viloyatidagi Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan 2 fuqaro qutqarildi

“Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadi Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan 2 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi. Ular soat tungi soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan.


dayjest

Rossiya safida Ukrainaga qarshi jang qilishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarosining ozodligi 3 yilga cheklandi

O‘zbekiston fuqarosi fevralda Rossiya armiyasida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan, biroq jangovar tayyorgarlikni tamomlab, harbiy lagerdan qochib, uyiga qaytgan. Sud jazoni yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olib, unga “Yollanish” moddasi bo‘yicha uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.


dayjest

DXX fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringanlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida fuqarolarni pora evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.


Jahon

dayjest

Sud Trampga qarshi to‘rtta ishdan birini rad etdi

Florida sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan maxfiy hujjatlardan nojo‘ya foydalanganlik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni bekor qildi. Siyosatchi o‘ziga qarshi qo‘yilgan qolgan uchta jinoiy ishni tugatishga chaqirdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!