Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashirincha tarmoqqa ulangan ishlab chiqarish sexi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi.

“O‘zenergoinspeksiya” va Bosh prokuratura departamenti nazorat tadbiri o‘tkazgan. Unda Qarshi shahridagi omixta yeb ishlab chiqarish sexi gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 1 milliard 65 million so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.