Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan fuqarolar qutqarildi, deya xabar qildi FVV.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 16-iyul kuni soat 00:28 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadiga Katta Chimyon tog‘ida 2 nafar fuqaro aylangani kelib, adashib qolganligi to‘g‘risida xabar tushgan.

adashib қolganlar, катта чимён, фвв

Aytilgan manzilga bir guruh FVV qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolar sog‘-salomat topilib, soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.