16-iyul kuni O‘zbekistondan seldan zarar ko‘rgan Qirg‘izistonning O‘sh shahri Qorasuv hududiga insonparvarlik yordamlari yetkazildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Yuklar Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara postidan olib o‘tildi. Insonparvarlik yordami tarkibidan xo‘jalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan. 13 ta avtomashinaga jami 200 tonna yuk ortilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasiga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchilik qildi. U O‘shdagi Yangi mahallasiga borib, aholiga O‘zbekiston prezidentining salomi va hamdardligini bildirdi.

Avvalroq Xo‘jaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy kanalidan 5−6 yoshli qizning jasadi topilgani haqida yozgandik. U Qirg‘izistonning O‘sh shahridan selda oqib kelgandi.

Iyul oyi boshida ham O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan O‘sh viloyati uchun 95 tonnali insonparvarlik yordamini yuborgandi.

Video

Foto

insonparvarlik yordami, қирғизистон, сел