Toshkent shahridagi Temur Malik (M39B, Toshkent halqa yo‘lining bir qismi) va Buyuk ipak yo‘li chorrahasida eskisi o‘rnida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati loyiha tafsilotlarini ma’lum qildi.

Temur Malik ko‘chasi to‘rt tasmali olti qatorga kengaytirilmoqda (shu sababli uning chetida joylashgan uylar buzilgan). Bundan tashqari, velosiped yo‘lagi ham mavjud bo‘ladi. Mazkur hududda 140 nafar ishchi va 200 dan ortiq mexanizator kunu tun navbatma-navbat ishlamoqda.

Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab yo‘l o‘tkazgichning uzunligi 28 metr, kengligi 55 metr bo‘ladi, unda chiqish va kirish yo‘laklari bo‘lgan to‘rt tasmali, shuningdek, Temur Malik bo‘ylab harakatlanishda qayrilish joylari bo‘ladi.

Bugungi kunga qadar ishlarning 60 foizdan ortig‘i bajarilgan. Yoz oyining oxirigacha yo‘lovchilar harakati uchun o‘tish joyi ochilishi rejalashtirilgan.

yo‘l o‘tkazgich, темур малик ko‘chasi, тошкент

Piyodalar yer osti yo‘lining biri Temur Malik ko‘chasida qurilayotgan Shayx Ziyovuddinxon masjidi ro‘parasida bo‘ladi. Uning uzunligi 40 metr, kengligi 4,5 metrni tashkil qiladi. Zinapoyadan tashqari estakada va lift ham bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Ikkinchi yer osti yo‘lagi Temur Malik va Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahada (“Chimyon” do‘koni, Ekobozor) qurilmoqda.