Moskva shahridagi Transport va yo‘l transporti infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya Toshkentga keldi, deb xabar berdi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad mamlakat ko‘chalari va yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini takomillashtirish, xavfsizlikni oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

moskva transboshqarmasi, yhx, yhxx

“Birgalikdagi ishlar O‘zbekistondagi transport holatini yaxshilashga yordam beradigan ilg‘or tajriba va texnologiyalarni joriy etish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

Hafta davomida rossiyalik mutaxassislar poytaxtdagi transport holati bilan tanishadi va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari uchun treninglar o‘tkazadi.

Dushanba kuni ular Toshkent shahridagi ayrim chorrahalarda bo‘lib, transport oqimlari, svetoforlarning ishlashi va harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘rgandi.

moskva transboshqarmasi, yhx, yhxx

O‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha yo‘l infratuzilmasi samaradorligini oshirish, haydovchilar, piyodalar, jamoat transporti yo‘lovchilari va yo‘l harakatining boshqa qatnashchilari xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash rejalashtirilgan.