Farg‘onalik Madina Soliyeva O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga qabul qilindi. Bu ma’lumotni “Gazeta.uz”ga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdiqladi.

Davlat rahbari 11-iyul kuni Farg‘ona shahrida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tashrif buyurib, mahalliy aholi, jumladan, Madina Soliyeva bilan ham suhbatlashgandi va O‘zDJTUda o‘qish istagi haqida gapirgandi.

Ertasi kuni oliy o‘quv yurti rektori Ilhomjon Tuxtasinov bilan birga qizning oldiga Oliy ta’lim vazirligi vakillari borib, unga grant asosida “Filologiya va til o‘qitish: rus tili” yo‘nalishi bo‘yicha universitetga o‘qishga kirgani to‘g‘risidagi guvohnomani topshirdi.

мадина солиеva, ўзджту, фарғона, шавкат мирзиёев

Sertifikat Oliy ta’lim vazirligi rahbari Kongratbay Sharipov va universitet rahbari Tuxtasinov tomonidan imzolangan.

May oyida urush faxriysining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilingandi.