Siyosat

dayjest

10 ta tuman va shahar hokimlari ishdan olindi

Prezident bosh vazirning 28 ta tuman-shahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash va 10 nafar hokimni ishdan olish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.


dayjest

Qurilish vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘lig‘idagi muammo tufayli lavozimidan ozod etildi. Birinchi o‘rinbosar Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


dayjest

Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18−19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Uning Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishi va qator qo‘shma tadbirlarda qatnashishi kutilmoqda.


dayjest

Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkaziladi

Qurilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi. Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.


Iqtisodiyot

dayjest

Birinchi yarimyillikda YIM 6,4 foizga ko‘paydi — prezident

2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko‘paydi. budjet daromadlari 113 trln so‘mga yetib, 14 foizga o‘sdi. 1,6 mln aholi rasmiy band bo‘ldi, deyiladi prezident raisligidagi yig‘ilishda.


dayjest

Paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun kreditlarni to‘lash muddati yana uzaytirildi

2022-yilda paxta xomashyosining ichki va jahon narxlari o‘rtasidagi katta farq tufayli O‘zbekiston klasterlariga 6 trln so‘m zarar yetgan. O‘tgan avgustda ularning qarzlarini to‘lash muddati bir yilga uzaytirilgandi. Prezident kredit to‘lash muddatini 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


dayjest

Tuman hokimlari o‘z hududlarida mahsulot ko‘paytirishga hisobdor bo‘ladi

Prezident bundan buyon tuman hokimlari o‘z hududlarida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga mas’ul bo‘lishini ma’lum qildi. Qolaversa, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tumanlarining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi tajribasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Jamiyat

dayjest

Raqobat qo‘mitasi Korzinka tarmog‘idan jarima undirmoqchi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining maxsus komissiyasi Anglesey Food (Korzinka) tarmog‘ini reklama qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topdi. Qo‘mita kompaniyadan jarima undirmoqchi. Korzinka komissiya qarorini olmaganini aytib, bayonotni asossiz deya atadi.


dayjest

O‘zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekistonda fuqarolarga nogironlikni belgilash bo‘yicha YAIDXP, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. SSVda nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.


dayjest

OTB perinatal xizmatni yaxshilash uchun O‘zbekistonga 100 mln dollar qarz ajratadi

O‘zbekistonda onalar o‘limi kamaygan bo‘lsa-da, hamon Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, deyiladi Osiyo taraqqiyot banki bayonotida. Bank homiladorlar va chaqaloqlar uchun ko‘rsatiladigan perinatal xizmatni yaxshilashga yordam berish uchun 100 mln dollar imtiyozli qarz ajratishni ma’qulladi.


dayjest

Samarqandda 7 tup daraxtni kesib tashlagan shaxs 11,7 mln so‘m jarimaga tortildi

Narpay tumanida 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlagan fuqaro 11 mln 730 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.


dayjest

Yil yakunigacha suv ta’minoti, yo‘l va ko‘p qavatli uy-joy qurilishi bo‘yicha 2 trln so‘mlik ishlar bajariladi

Prezident 2024-yil oxirigacha 2 trln so‘mlik ishlarni bajarish, jumladan, 570 ming gektarda suv ta’minotini yaxshilash, 13 ming kilometr yo‘l, 195 ta ko‘prikni foydalanishga topshirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, 2 mingdan ortiq ko‘p qavatli uy barpo qilish rejalashtirilmoqda.


dayjest

“Baxti Tashkentskiy”: “Biz terrorist va korrupsioner bo‘lmaganmiz”

“Baxti Tashkentskiy” va jami 37 kishiga nisbatan ochiq sud ishi davom etmoqda. 15-iyul kungi tomonlar muzokarasida advokatlar va sudlanuvchilar tinglandi. “Biz terrorist, korrupsioner bo‘lmaganmiz, odamxo‘r emasmiz. Iloji bo‘lsa, shu yerda o‘tirgan bolalarga yengillik bersangiz”, — dedi Baxtiyor Qudratullayev.


Madaniyat

dayjest

O‘zbekistonda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi

O‘zbekistonda qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi. Xususan, kitoblar nashr etish, film suratga olish, ko‘rgazma va anjumanlar o‘tkazish, Nukus shahrida muzey ochish va Mo‘ynoqda uning nomida ekopark tashkil etish rejalashtirilmoqda.


dayjest

Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli ko‘rgazma o‘tkaziladi

Poytaxtda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Turkistondan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan talabalar va ularning mintaqa madaniy-ma'rifiy merosiga qo‘shgan hissasi haqida hikoya qilinadi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!