Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qurilish inspeksiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan bir yarim yilda ekspertizasi yo‘q 2,2 ming obyekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan. O‘tgan yil ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta obyekt aniqlangan. Shu bois, ushbu inspeksiya hukumat tarkibiga o‘tkazilishi va vakolatlari kengaytirilishi belgilandi.

Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan, dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.