Prezident qaroriga muvofiq, Ilxom Xaydarov Utkurovich tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Ilhom Haydarov 1992-yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU), 1993-yil Xalqaro paxta maktabini (AQSh), 1997-yil Rossiya tashqi savdo akademiyasini tugatgan. U mehnat faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Mashsanoat” shirkati mutaxassisi vazifasidan boshlagan.

U 2006 — 2009-yillarda O‘zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi, 2009−2018-yillarda “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimlarida mehnat qilgan. 2018-yildan 2024-yil martiga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi bo‘lgan.

Haydarov 2020-yil “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.