Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida endi Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi “Quva” bekatida 2 daqiqa to‘xtab o‘tishi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.

Ta’kidlanishicha, 18-iyul kunidan boshlab 730/729-sonli poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

730-sonli Toshkent-Andijon yo‘nalishi:

  • Toshkent — 7:55 — Quva — 13:49 — 13:51 — Andijon — 14:17.

729-sonli Andijon-Toshkent yo‘nalishi:

  • Andijon — 15:47 — Quva — 16:13 — 16:15 — Toshkent — 21:47.

Eslatib o‘tamiz, prezident 12-iyul kungi yig‘ilishda Transport vazirligiga poytaxtdan Andijonga qatnaydigan poyezdlarning Quvada ham to‘xtab o‘tishini ta’minlash topshirig‘ini bergan edi.