Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18-iyul kuni rafiqalari bilan birga O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari boshlanishiga bag‘ishlangan konsertda ishtirok etdi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, ikki mamlakat san’at ustalarining ushbu konserti “chuqur tarixiy ildizlar bilan bog‘langan, dini bir, qadriyat va an’analari mushtarak o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi ifodasi bo‘ldi”.

“O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilarining irodasi va sa’y-harakatlari tufayli qardosh xalqlar yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar esa keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlarda xalqlar madaniyatining boyligi, o‘ziga xosligi o‘z ifodasini topgan.

Video

Foto

do‘stlik konserti, prezident, qirg‘izistondo‘stlik konserti, prezident, qirg‘izistondo‘stlik konserti, prezident, qirg‘izistondo‘stlik konserti, prezident, qirg‘izistondo‘stlik konserti, prezident, qirg‘izistondo‘stlik konserti, prezident, qirg‘izistondo‘stlik konserti, prezident, qirg‘izistondo‘stlik konserti, prezident, qirg‘iziston

do‘stlik konserti, prezident, qirg‘iziston