O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 2024-yilning birinchi yarmida mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

jinoyatчилик, mansabdorлар

Infografikaga ko‘ra, 6 oyda 2525 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2389 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan (2023-yil birinchi yarimyillikda 1804 ta ish yuzasidan 1778 nafar, +34,4 foiz).

Ularning 23 nafari respublika (2023-yilda 14 nafar edi), 223 nafari viloyat (100), 2143 nafari esa tuman-shahar (1664) miqyosidagi xodimlar sanaladi.

Mazkur jinoyatlardan keltirilgan zarar 2024-yil olti oyida 1 trillion 466 milliard so‘mni tashkil etdi (2023-yilda 879 mlrd so‘m).

Sodir etilgan jinoyatlar turlari

jinoyatчилик, mansabdorлар

  • 1467 nafar — o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (2023-yilda 1151);
  • 191 nafar — firibgarlik (144);
  • 158 nafar — pora, unda vositachilik qilish (66);
  • 104 nafar — mansab vakolatini suiiste’mol qilish (157);
  • 48 nafar — mansab soxtakorligi (34);
  • 30 nafar — hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (14);
  • 28 nafar — mansabga sovuqqonlik bilan qarash (23);
  • 363 nafar — boshqa jinoyatlar (189).

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, bu 2022-yilga nisbatan 14,7 foizga ko‘p. Katta farq bilan yetakchilik qilayotgan asosiy jinoyat turi mulkni o‘g‘irlash.