Siyosat

dayjest

Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrifini boshladi (foto)

O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Foto.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev: “Bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”

Sadir Japarov bilan bo‘lgan tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerakligini ta’kidladi. Japarov esa O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini aytdi.


dayjest

YHXX boshlig‘i Olim Saidov lavozimidan ozod etildi

2019-yilning noyabr oyidan beri Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini boshqarib kelgan Olim Saidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Sherzod Ibragimov egalladi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev va Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi.


dayjest

YIning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

2021-yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian diplomatik missiyasini yakunladi.


dayjest

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 16 ta hujjat imzolandi

Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi doirasida 16 ta hujjat imzolandi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma, Issiqko‘ldagi kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim shular jumlasidan.


Iqtisodiyot

dayjest

Yangi Toshkent qanday bo‘ladi? Bosh arxitektor bilan katta suhbat

Yangi Toshkent — zamonaviy O‘zbekistonning bosh shaharsozlik loyihasi hisoblanadi. Uning chegaralari qayerdan o‘tadi, arxitektura, ekologiya, energetika va transport tizimlari qanday bo‘ladi — Yangi Toshkent bosh arxitektori Saidazim Sharipov bilan katta intervyu aynan shular haqida.


dayjest

Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasining 37 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizim tashkilotlarining 37 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan.


dayjest

Tadbirkor limitdan 10 foiz oshib ketilgan taqdirda, 2 baravar to‘lanadigan tarifni bekor qilishni so‘radi

Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaruvchi tadbirkor yuridik shaxslar uchun limit 10 foizdan oshib ketganda, elektr energiyasi uchun to‘lanadigan ikki baravarli tarifni bekor qilishni so‘radi. Uning fikricha, “Energetika vazirligi tizimdagi aybini tadbirkorlar hisobiga yopmoqchi”.


dayjest

Qirg‘izistonda Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi

Qirg‘izistonning Chuy viloyatida O‘zbekiston hamkorligida Cobalt, Onix va Tracker avtomobillarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi. Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov shu va boshqa qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdi.


Jamiyat

dayjest

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyotda portlovchi modda borligini aytgan mast yo‘lovchiga ish ochildi

Moskva shahridan Samarqandga uchgan mast holdagi yo‘lovchi yolg‘ondan samolyotda portlovchi modda borligini aytgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan ish ochildi.


dayjest

2024-yilning ilk 6 oyida javobgarlikka tortilgan mansabdorlar soni 34 foizga oshdi

2024-yilning birinchi yarmida 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi (+34,4%). Ular, asosan, o‘zlashtirish, talon-toroj qilish, firibgarlik va pora oldi-berdisi bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urgan.


dayjest

Avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi

O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. 1-dekabrdan esa avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamini olish uchun arizalarni YHXX yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasi orqali yuborish va to‘lovni o‘sha yerda amalga oshirish mumkin.


dayjest

Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti 2024/2025 o‘quv yilidan ish boshlaydi

Shu yildan Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti talabalarni qabul qila boshlaydi. Unga to‘liq akademik mustaqillik beriladi. Oliygoh nafaqat ushbu universitetning, balki AQShda tan olingan boshqa xorijiy OTMlarning ham diplomini beradi.


dayjest

Samarqandda Isuzu avtobusi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi.


dayjest

Elektrosamokatlar trotuarlarda 10 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanishi taqiqlandi

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalariga individual harakatlanish vositalari (IHV), jumladan, elektrosamokatlar harakatini tartibga soluvchi o‘zgartirishlar kiritildi. IHV trotuarlarda 10 km/soatgacha (6 km/soatgacha bo‘lishi taklif qilingan edi), avtomobil yo‘lida 20 km/soat tezlikda yurishiga ruxsat berildi.


dayjest

Toshkentdagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik qilish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinmoqda. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgandi.


dayjest

Skuter, moped va tez yordam mashinalari uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilmoqda.


dayjest

Avgustdan Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnaydi

23-avgustdan boshlab Toshkent-Buxoro yo‘nalishida haftada uch kun qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.


Sport

dayjest

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 61-o‘ringa chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hech qanday o‘yin o‘tkazmasdan FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqorilab, 61-o‘rinni egalladi. Paragvay ochko yo‘qotib, reytingda pastlagani bunga sabab bo‘ldi.


Jahon

dayjest

Jo Bayden yana koronavirusga chalindi

AQSh prezidenti Jo Bayden uchinchi marta COVID-19 bilan kasallandi. Kasallik yengil kechmoqda va u o‘zini izolyatsiyalagan holda ishlaydi, deya ta’kidladi Oq uy.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!