Toshkent markazidagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda loyihani qo‘llab-quvvatlovchi “Mikrokreditbank” xabar berdi.

тошкент, содиқ азимов ko‘chaси, gastronomik ko‘cha

Bu ko‘chada birinchi davlat klinikasi, ko‘z kasalliklari klinikasi, 145-maktab, turli do‘kon va restoranlar joylashgan.

Loyiha doirasida yoritish ustunlarini yangilash, o‘rindiq va axlat qutilarini o‘rnatish, yangi ko‘chatlar ekish, sug‘orish tizimini tashkil etish, musiqa tizimini tashkil etish rejalashtirilgan.

тошкент, содиқ азимов ko‘chaси, gastronomik ko‘cha

Piyodalar yo‘laklarini yangilash va kengaytirish, velosiped yo‘laklarini tashkil qilish, yo‘l chetlari bo‘ylab avtoturargohlar, bolalar maydonchalarini yaratish rejalashtirilmoqda.

Mavjud umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan tashqari, ko‘chada fudtraklar paydo bo‘ladi va ko‘cha taomlarini sotadi.

Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “O‘zbekiston” mehmonxonasi ortida kichik gastronomik zona ham faoliyat ko‘rsatmoqda.