18-iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi. Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, deyiladi xabarda.

Sammit yakunida qator yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash kutilmoqda. Tashrif 19-iyul kuni ham davom etadi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, davlat tashrifi tadbirlari Toshkent va Xiva shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Foto

садир жапаров, қирғизистон

садир жапаров, қирғизистон

садир жапаров, қирғизистон

садир жапаров, қирғизистон

садир жапаров, қирғизистон