O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari va elektromobillar, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlar uchun alohida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan raqam belgilari joriy etilmoqda. Bu hukumatning 17-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutiladi.

davlat raqamlari, davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqam belgilari, mopedlar, skuterlar
tez tibbiy yordam avtomobillari
davlat raqamlari, davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqam belgilari, mopedlar, skuterlar
tez tibbiy yordam elektr va gibrid mashinalari
davlat raqamlari, davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqam belgilari, mopedlar, skuterlar
mopedlar
davlat raqamlari, davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqam belgilari, mopedlar, skuterlar
skuterlar
davlat raqamlari, davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqam belgilari, mopedlar, skuterlar
O‘zbekistonda doimiy yashovchi yoki vaqtinchalik shaxsiy, rasmiy ish, o‘qish yoki sayyohlik maqsadida kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mototsikllari va elektromototsikllari.
davlat raqamlari, davlat ro‘yxatidan o‘tgan raqam belgilari, mopedlar, skuterlar
shaxsiy, rasmiy ish, o‘qish yoki sayyohlik maqsadida O‘zbekistonda doimiy yashovchi yoki vaqtinchalik tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun mopedlar va skuterlar, mototsikllar va elektromototsikllar.

Bundan tashqari, raqamlarni berishda ba’zi o‘zgarishlar kiritilmoqda. Agar XIE tipidagi raqam (yashil fonda hudud kodi bilan ikki qatorli belgi) ilgari mototsikllar, skuterlar va elektr skuterlar uchun chiqarilgan bo‘lsa, endi u elektromototsikllar uchun beriladi (izoh quyida).

Avval xabar berganimizdek, hujjat YHQga skuter tushunchasini kiritdi — bu elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, biroq 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (to‘rt) g‘ildirakli skuterlar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari.

Xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan kvadrotsikl (kvadrotsikl), tritsikl hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa transport vositalari skuterlarga tenglashtirildi. Skuterda harakatlanayotgan haydovchi hamda yo‘lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.

Dastlab loyihada tezlikning 50 km/soatgacha bo‘lgan chegarasi haqida yozilmagan edi, uning o‘rniga dvigatelning hajmi (agar u ichki yonuv dvigateli bo‘lsa) 25 kub santimetrdan ko‘proq bo‘lishi belgilangandi.

Bundan tashqari, elektromototsikl tushunchasi ham joriy qilindi. Elektromototsikl — bu elektrodvigatelining quvvati 4 kilovatt va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yon tirkamasiz yoki yon tirkamali (kajavali) ikki yoxud uch (to‘rt) g‘ildirakli transport vositasi.

Endi mopedlar tarkibiga konstruktiv tezligi 25 km/soat dan ortiq va 50 km/soat dan kam bo‘lgan, dvigatel hajmi 25 dan ortiq va 50 kub santimetrdan kam bo‘lgan (agar u ichki yonuv dvigateli bo‘lsa) transportlar kiradi. Mopedlarga bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan uch g‘ildirakli velosipedlar, kvadritsikllar, skuterlar, shuningdek, yo‘lda harakatlanish uchun moslashtirilgan boshqa mexanik qurilmalar kiradi.

Qaror loyihasini qabul qilish zarurati

Ichki ishlar vazirligining tushuntirish xatida aholi orasida tobora ommalashib borayotgan mototsikl, skuter, motorollerlar yo‘l harakati qatnashchilari xavfsizligini ta’minlashda qator muammolarni keltirib chiqarayotgani qayd etilgan.

2021−2022-yilar davomida xorijdan 50 mingdan ortiq elektromototsikl (2442 ta) va skuterlar (48 359 ta) keltirilgan bo‘lsa, 2023-yilda bunday turdagi transport vositalari 2,5 barobar (127 000 ta) ko‘p import qilingan. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, skuter va mopedlar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olinmaydi.

Bugungi kunda elektr mototransportining texnik hujjatlarida dvigatel quvvati 4 kilovattdan va maksimal tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmasligi ko‘rsatilganligi bois ularga davlat raqami berilmaydi, haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi.

“Oqibatda bunday transport vositalaridan yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega emas shaxslar, asosan, voyaga yetmaganlar va yoshlar, shuningdek, ayollar, keksa kishilar foydalanayotgani hamda yoshlarning qiziqqonligi yo‘llarda turli salbiy holatlarni keltirib chiqarish ehtimolini oshirmoqda”, — deyiladi tushuntirishda.

Qayd etilishicha, bunday omillar elektr mototransportdan o‘z bilganicha foydalanishga, yo‘llarda tartibsiz, qoidalarga umuman amal qilmasdan boshqarishga, harakat ishtirokchilari bilan bog‘liq noxush holatlar yuzaga kelishiga sharoit yaratmoqda. O‘z navbatida, skuterlar va mopedlar haydovchilari ishtirokidagi baxtsiz hodisalar soni keltirib o‘tilmagan.