Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 23-avgustdan Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd reysi amalga oshirila boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

“Afrosiyob” elektropoyezdi haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari ikki shaharni bog‘laydi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

778-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi:

  • Toshkent-6:59 — Buxoro-11:05.

777-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi:

  • Buxoro-16:12 — Toshkent-20:20.