18-iyul kuni O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan keng va tor doiradagi muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston tomoni davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Tor doiradagi uchrashuvda ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Parlamentlar, hukumatlar, tashqi siyosat va tarmoq idoralari darajasidagi muloqotlar natijadorligini oshirish, xalqaro va mintaqaviy maydonlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Ikki tomon tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 2 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni dolzarb deya hisobladi.

Bu galgi tashrif doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sohalarida kooperatsiya loyihalari ishga tushiriladi. Davlat rahbarlari strategik ahamiyatga ega “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temiryo‘li va Qambarota GES-1 qurilishini tez fursatda amalga oshirish masalalariga ustuvor e’tibor qaratdi.

Transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyiha takliflari ko‘rib chiqildi. Prezidentlar hududlararo hamkorlikni, jumladan, Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuvdan so‘ng tomonlar muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi. Muzokaralar davomida davlatlararo kengash tuzishga qaror qilindi. O‘zaro savdo hajmini oshirishga qaratilgan dastur qabul qilindi.

Bundan tashqari, ikki tomon kelishuviga ko‘ra, yaqin yillarda 2 mlrd dollar ko‘rsatkichiga chiqish uchun poytaxtlarda savdo uylari tashkil etiladi, eksport-import shartnomalari to‘plami shakllantiriladi, eksportoldi moliyalashtirish vositalari joriy etiladi, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini tezkor tashish bo‘yicha “yashil yo‘lak” ishga tushiriladi.

muzokaralar, президент, садир жапаров, ўзбекистон-qirg‘izистон, шавкат мирзиёев

Energetika sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish etib belgilandi. Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha bitimni tez fursatda imzolash va loyihaning amaliy bosqichini boshlash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, ikki mamlakat salohiyatini hisobga olgan holda kichik gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha kompleks hamkorlik dasturi tayyorlanadi. “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyiha to‘g‘risidagi uch tomonlama bitim imzolandi. Keng doiradagi uchrashuvda istiqbolli transport loyihalari ham ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholadi, xususan, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, sanoat ishlab chiqarish farovonligi, yangi infratuzilma loyihalari barpo etilayotganini alohida ta’kidladi, deya uning so‘zlarini keltirdi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

“O‘zbek xalqi qardosh qirg‘iz xalqining muvaffaqiyatlaridan chin dildan quvonadi. O‘zbekiston qirg‘iz xalqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, chunki bizga kuchli va farovon qo‘shni — Qirg‘iziston kerak”, — dedi Mirziyoyev.

Davlat chegaralari masalalari hal etilib, iqtisodiyot, energetika, transport, gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar faol ilgari surilayotgani, parlamentlararo va hududlararo hamkorlik jadal rivojlanayotgani qayd etildi. “O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining, shubhasiz, ustuvor yo‘nalishidir”, — dedi Sadir Japarov.

Uchrashuvda istiqbolli transport loyihalari ham ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat hududlari savdo-iqtisodiy hamkorlikning haqiqiy drayverlari ekani ta’kidlandi. Shu ma’noda, bosh vazirlar raisligidagi Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida faol aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi. Hududlar delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari jadvalini tayyorlab, qo‘shma “yo‘l xaritalari”ni yangilamoqchi.

Qishloq xo‘jaligi o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishidir, deya ta’kidlandi yig‘ilishda. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini birgalikda yetishtirish, intensiv bog‘lar va agroklasterlar tashkil etishni nazarda tutuvchi agrokooperatsiya dasturini amalga oshirishga kelishib olindi. Qolaversa, madaniyat, yoshlar, turizm, ta’lim, fan va sport sohalarida faol almashinuvlar davom ettiriladi.

muzokaralar, президент, садир жапаров, ўзбекистон-qirg‘izистон, шавкат мирзиёев

Yig‘ilishda bosh vazirlar o‘rinbosarlarining hisobotlari va savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan aniq takliflari tinglandi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.

muzokaralar, президент, садир жапаров, ўзбекистон-qirg‘izистон, шавкат мирзиёев