Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. 18-iyul kuni u bilan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva uchrashdi.

“Elchi xonimning faol hamkorligi va davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasini, ilg‘or tashabbuslarini yuksak baholaymiz hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

Zeavit Ben-Hillel 2020-yil iyulidan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.