Buxoro tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan bir qator fermer xo‘jaliklari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Departament Buxoro tumani bo‘limi, “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va tuman ETK xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan yashirincha ulab, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.