Siyosat
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari birinchi xonimlar bilan Xivani aylandi (foto)
Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov birinchi xonimlar hamrohligida Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi. Foto.
Isroil elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
2020-yildan buyon Isroilning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Zeavit Ben-Hillel mamlakatdagi diplomatik missiyasini tugatmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. Qolaversa, Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti o‘tkazilishi mumkin.
Iqtisodiyot
Toshkentdagi noqonuniy tashqi reklama obyektlari buziladi
Toshkent shahri hokimi noqonuniy tashqi reklama obyektlarini demontaj qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Reklama konstruksiyalari uchun joylar “Tashqi reklama” tizimi orqali ajratiladi.
Chalg‘ituvchi reklamadan foydalangan “Ipotekabank” jarimaga tortildi
Raqobat qo‘mitasi “Ipotekabank” xizmatlarini reklama qilishda “chalg‘ituvchi”, “nomaqbul” usuldan foydalangan, deb topdi. Bank axborotda omonatning muhim shartlarini ochib bermagan. U jarimaga tortiladi.
Jamiyat
“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi
Sud “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Toshkentda qurilganiga 2 kun bo‘lgan avtobus bekati qulab tushdi
Yashnobod tumanida hokimlik tomonidan qurilgan bekat 2 kun o‘tib qulab tushdi. Hodisaga ustunlarning yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga ko‘ra, yo‘lovchilarga zarar yetmagan, hozirda qayta qurish ishlari olib borilmoqda.
Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi
Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +34…+39, ba’zi joylarda +40…+41 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi.
“Baxti Tashkentskiy” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)
“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga qamalib, o‘ta xavfli retsidivist deb topildi. Sudlanuvchilar 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Yagona ayol sudlanuvchiga ozodlikni cheklash jazosi berildi. Batafsil.
Microsoft ishidagi uzilishlar O‘zbekiston aeroportlariga ta’sir qilmadi — Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airports Microsoft ishidagi global uzilishlar O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar faoliyatiga ta’sir qilmagani haqida xabar berdi. Aviatashuvchilar nosozliklarga duch kelsa, o‘z muqobil ro‘yxatga olish tizimimizni taklif qilishga tayyormiz, deydi kompaniya.
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda
Prezident qarori bilan, Termiz shahridagi ikkita oliy o‘quv yurti negizida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etilmoqda. Ilgari faoliyat yuritgan OTMlarning barcha talabalari yangi universitetda o‘qishini davom ettiradi.
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi
O‘zbekistonda quriladigan obyektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Shuningdek, fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o‘tkazishda surdotarjimon ishtiroki majburiy bo‘ladi.
Mustaqillik bayrami “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi ostida o‘tkaziladi
O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oya ostida tashkil etiladi. “Ona diyor — ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.
Bekobodda ferma mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda
Toshkent viloyatida ferma mansabdorlari chorva mollari importi uchun bankdan 1 mlrd 680 mln so‘m kredit, davlat jamg‘armasidan esa 116 mln so‘m subsidiya olgan. Ular bankka ko‘rsatilgan biznes rejaga amal qilmay, mollarni sotib yuborgan va kreditni o‘zlashtirgan. Ferma va bank mansabdorlari tergov qilinmoqda.
Women in Tech CCA mukofotiga arizalar qabuli ochildi
Women in Tech global hamjamiyati Kavkaz va Markaziy Osiyo vakillari uchun Women in Tech CCA mukofotiga arizalar qabulini ochdi. Taqdirlash ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi. “Gazeta.uz” marosimning axborot hamkori hisoblanadi.
Buxoroda fermer xo‘jaliklari qariyb 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Buxoro tumanidagi fermer xo‘jaliklari mas’ullari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 3,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Madaniyat
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (20−21-iyul)
Yetti kinopremyera, ochiq osmon ostidagi kino namoyishlari, jadidlar haqidagi multimedia ko‘rgazmasi, bog‘lardagi 90-yillar diskotekasi, raqs shousi, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, konsertlar, ijodiy mahorat darslari va boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Jahon
Windows nosozligi tufayli dunyo bo‘ylab aeroport, bank va kompaniyalar ishida uzilishlar bo‘lmoqda
Windows tizimi bilan ishlaydigan qurilmalarda butun dunyo bo‘ylab muammolar kuzatilmoqda. Avstraliya, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda aeroport, banklar, OAV, fond birjalari texnik muammolar haqida xabar bermoqda.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!