Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan birgalikda Xiva shahridagi Ichan qal’a majmuasi va Nurillaboy saroy majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xiva shahri 1990-yilda YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997-yilda uning 2500-yilligi nishonlangan. Shahar 2020-yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, 2024-yilda esa Islom dunyosining turizm poytaxti bo‘ldi.

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон

“Ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahar hisoblanadi. Bu yerda 120 dan ortiq me’moriy obidalar joylashgan.

Mehmonlar tanishuvni “Ota darvoza”dan boshlab, “Ko‘hna ark” majmuasi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, “Toshhovli” majmuasi va boshqa obidalar bilan tanishdi. Ular sharafiga o‘zbek xalq qo‘shiqlari yangrab, teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. Shundan so‘ng Nurillaboy saroyiga tashrif buyurildi.

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон

Saroy-bog‘ majmuasi XX asr boshlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezashda xivalik ustalar bilan birga chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etgan, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirgan.

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон

Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati haqidagi hikoyalar qirg‘izistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi, deyiladi xabarda.

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон

садир жапаров, хиva shahri, қирғизистон