19-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning o‘g‘illari, akasi — jami 37 kishi ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, ularga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deya xabar bermoqda jarayonda qatnashgan “Gazeta.uz” muxbiri.

Sud hukmiga ko‘ra:

Baxtiyor Zaparovich Kudrattullayev (1971-yil 19-oktabrda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining:

  • 104-modda 3-qism “g” bandi (Uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish);
  • 109-modda 2-qismi (Sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish);
  • 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik);
  • 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik);
  • 242-modda 1-qismi (Jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat);
  • 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
  • 276-modda 2-qismi “a” va “b” bandlari (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat)ga asosan Baxtiyor Qudratullayev o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasi (Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash)ga muvofiq unga jazoni o‘tash vaqtida giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanishi belgilandi.

Ixtiyorjon Baxtiyor o‘g‘li Kudratullayev (1996-yil 8-dekabrda tug‘ilgan, Baxtiyor Kudratullayevning o‘g‘li) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “b” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Bekzod Baxtiyorovich Zafarov (1994-yil 24-mayda tug‘ilgan, Baxtiyor Kudratullayevning o‘g‘li) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) va 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shuxrat Zaparovich Kudratullayev (1966-yil 14-dekabrda tug‘ilgan, Baxtiyor Kudratullayevning akasi) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat)ga asosan, u o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Nargiza Rustamovna Jumaniyozova (1983-yil 8-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 4 oy 24 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shukurali Xaydaraliyevich Kurbanov (1964-yil 30-aprelda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 168-modda 4-qismi “a”, “v” bandlari (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shaxriyor Shoximardonovich Raximov (1981-yil 24-yanvarda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 276-moddasi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasi (Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash)ga asosan, unga jazoni o‘tash vaqtida giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi hamda tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Abbosxon Axmadovich Xodjayev (1982-yil 24-iyunda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qism “g” bandi (Uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 165-modda 2-qismi “a” va “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 3 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Dilshod Tulkinovich Sharipov (1980-yil 14-martda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 14 yil 10 oy 14 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Xavfli retsidivist)ga asosan u o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Anvar Babajanovich Mirzaxanov (1972-yil 4-martda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 241-modda 1-qismi (Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sherali Ro‘ziyevich Sulaymonqulov (1978-yil 25-yanvarda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi (Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Akmalbek Xamrakuli o‘g‘li Norkulov (1997-yil 22-iyulda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi (Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sanjar Ravshan o‘g‘li Xatamov (1991-yil 24-iyunda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi (Tayyorgarlik ko‘rilayotgan yoki sodir etilgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat haqida aniq bilgani holda xabar bermaslik) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga moddiy va mansab lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Ramzes Fikrat-ogli Shakurov (1971-yil 26-aprelda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan tovlamachilik) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 6 yil 8 oy 14 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jinoyat kodeksining 96-moddasi (Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash) ga asosan R. Shakurovga giyohvandlikdan davolanishning majburiy choralari qo‘llanilishi belgilandi.

Toir Nig‘matovich Turmonov (1966-yil 9-iyulda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Feruz Muxammatsalayevich Vapayev (1988-yil 29-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 168-modda 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 10 oy 18 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Matlab Mansurovich Nasirxodjayev (1979-yil 20-sentabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Xavfli retsidivist)ga asosan u o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Davlatxuja Komilxo‘ja o‘g‘li Muminxo‘jayev (1991-yil 22-sentabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Maxmudjon Bemat o‘g‘li Usmonboyev (1995-yil 13-avgustda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Muitdin Maxmudovich Shodmanov (1969-yil 17-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik), 168-modda 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik), 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 228-modda 3-qismi (Hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Baxtiyor Abdixamidovich Xudayarov (1984-yil 11-avgustda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Xavfli retsidivist)ga asosan, u o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Avaz Anvarovich Mashrafxanov (1970-yil 8-oktabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Valijon Akramovich Kurbanov (1973-yil 23-aprelda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Alimardon Xudayberganovich Maxamadiyorov (1982-yil 19-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 6 oy 21 kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Asadullo Faxritdinovich Djurayev (1989-yil 26-iyunda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Baxtiyor Yakubovich Bakayev (1973-yil 21-mayda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Azizjon Vali o‘g‘li Aliyev (1996-yil 17-martda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik)da bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Jamshid Abdulazizovich Soliyev (1992-yil 19-sentabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a” va “v” bandlari (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Akmaljon Narimon o‘g‘li Tursunboyev (1995-yil 1-avgustda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 168-modda 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Bunyod Taxirovich Narmirzayev (1980-yil 16-dekabrda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) va 168-modda 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin. Tayinlangan jazon umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Fayziddin Muxidinovich Kamalov (1973-yil 27-aprelda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (Tovlamachilik) va 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Xavfli retsidivist)ga asosan, u o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Matlub Abdusalimovich Mirzoyev (1985-yil 25-mayda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik) va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Nemat Akabirovich Bagadirov (1965-yil 27-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazon umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Andrey Aleksandrovich Shелёv (1965-yil 27-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi “v” bandi (Tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Muradbek Xabibullayevich Ibadullayev (1983-yil 26-yanvarda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Otabek Shuxratovich Islamov (1988-yil 9-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qism “g” bandi (Uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 168-modda 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil 7 oy 20 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Maxamadjon Kadirjanovich Kurbanov (1982-yil 10-fevralda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qism “g” bandi (Uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 168-modda 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sudlanuvchilar — B.Qudratullayev, A.Xodjayev, M.Kurbanov, Sh. Kurbanov, A.Tursunboyev, O.Islamov, A.Maxamadiyorov, A. Mashrafxonov, F.Vapayev, M.Nasыrxodjayev, R.Shakurov, D.Sharipov, B.Zafarov, F.Kamalov, Sh. Raximov, A.Shelyov, N. Bagadirov, A.Mirzaxanov, N.Jumaniyazova, I.Qudratullayev, A.Aliyev, J.Soliyev, A.Tursunboyev va B.Narmirzayevdan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Sud majlisida boshqa jabrlanuvchilar va manfaatdor shaxslarga jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlariga murojaat qilish huquqi tushuntirildi. Sudlanuvchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hisobiga orttirilgan mol-mulklar tegishli tartibda jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga qaratilishi belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab o‘n sutka ichida apellyatsiya tartibida yoki hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kassatsiya tartibida Toshkent shahri sudiga shikoyat berishi, prokuror protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.