Women in Tech global hamjamiyati Women in Tech CCA (Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi) mukofoti uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini e’lon qildi. Mukofot uchinchi marta topshiriladi. Bu yil g‘oliblarni taqdirlash marosimi ilk bor O‘zbekistonda — 20-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar quyidagi nominatsiyalarda tanlanadi:

  • Aspiring Teen Award
  • Most Disruptive Award
  • Best Ally Award
  • Most Impactful Initiative Award
  • Woman in Web3 Award
  • Tech Diplomacy Award
  • Greentech Start-Up Award
  • Global Leadership Award
  • Lifetime Achievement Award

Arizalarni 31-iyulga qadar Women in Tech Awards sayti orqali topshirish mumkin. Formani to‘ldirishda Caucasus and Central Asia mintaqasini tanlash va nominatsiya toifasini ko‘rsatish kerak. Ariza beruvchi o‘zi yoki boshqa nomzodni kiritishi mumkin.

Mintaqaviy mukofot g‘oliblari Women in Tech global mukofotiga nomzod bo‘lishi mumkin. Marosim noyabr oyida Bokuda bo‘lib o‘tadi.

Women in Tech 56 dan ortiq mamlakatdagi 250 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtiradi. Jamiyatning doimiy hamkori — UN Women. Women in Tech jahonning yetti mintaqasida Global Awards va Regional Awards`ni o‘z ichiga olgan mukofotlar tashkilotchisi hisoblanadi. 2023-yilda Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun mukofotda 1000 dan ortiq nomzod, 45 finalchi va 9 nafar g‘olib ishtirok etdi.

“Gazeta.uz” marosim axborot hamkori hisoblanadi.