Yangi Bank — O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar uchun zamonaviy bank xizmatlarini taklif etuvchi yangi raqamli bank. Asosiy e’tibor innovatsion texnologiyalarni joriy etish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.

Jismoniy shaxslar uchun bank quyidagilarni taklif qiladi:

  • bir necha daqiqada rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan mikroqarzlar;
  • foizlari har hafta to‘lanadigan omonatlar.

Biznes uchun keng qamrovli xizmatlar:

  • tranzaksiyalarni boshqarish;
  • ish haqi loyihalari;
  • korporativ kartalar;
  • ekvayring;
  • faktoring.

Ushbu xizmatlardan bank filialiga bormasdan ilova yordamida yoki menejer chaqiruvi orqali foydalanish mumkin.

Yangi Bank AJ boshqaruvi raisi Svetlana Xe bank sektorining hozirgi holati va rivojlanishi, shuningdek, bank duch kelayotgangan muammo hamda istiqbollar to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

yangi bank, реклама

B2B uchun raqamli bank yaratish g‘oyasining paydo bo‘lishi

B2B uchun raqamli bank yaratish g‘oyasi O‘zbekistondagi banklarning aksariyati chakana savdoga yo‘naltirilgani va asosan chakana mijozlarga xizmat ko‘rsatishi ma’lum bo‘lgach paydo bo‘ldi. Kichik va o‘rta biznes ham raqamli formatdagi mahsulotlarga muhtojligini anglab, ushbu bozor segmenti uchun mahsulotlarni yaratish va rivojlantirishga qaror qilindi.

Nima uchun Yangi Bank?

Bu ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol. Bugungi kunda davlat Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lini tanladi, uning strategiyasi farovon jamiyat qurish va xalq uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bu bank missiyasiga yaqin, chunki Yangi Bank odamlar va jamiyat uchun foydali mahsulotlarni yaratmoqda.

“Ayni paytda biz turli xil o‘zgarishlar va islohotlarni boshdan kechirmoqdamiz, jumladan bank sohasida. Shuning uchun ham bank xizmatlari sifati yangi bosqichda bo‘lishi kerak. Yangi nomiga munosib bo‘lish uchun bank faoliyati davomida doimiy ravishda rivojlanish, yaxshilanish va bozorga yangi mahsulotlarni olib kelish kerak”, — dedi Svetlana Xe.

yangi bank, реклама

Raqamli banklar qanday yaratiladi?

Agar banklar umuman qanday tuzilgani haqida gapirilsa, unda an’anaviy bank uchun litsenziya olish, ofis, kassa tashkil qilish, bank mutaxassisini yollash kifoya va bank faoliyatini boshlash mumkin. Raqamli bankni ishga tushirish haqida gap ketganda esa, birinchi navbatda, butun IT infratuzilmasini yo‘lga qo‘yish kerak, chunki raqamli bank — bu texnologiyalar demak.

“Tayyor mahsulot bilan chiqishdan oldin juda katta hajmdagi ishlarni bajarish kerak: kuchli jamoani to‘plash, o‘z IT arxitekturasini yaratish, turli xil xizmatlar va raqamli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar bilan integratsiya qilish. Shuningdek, mahsulotlarning o‘zini ishlab chiqish uchun ham vaqt kerak — bu biz ishga tushirishning birinchi yilida qilgan ishlar”, — dedi Yangi Bank boshqaruvi raisi.

Bank qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqda?

Yangi Bank oldida barcha operatsion jarayonlar va mahsulotlarni yaratish hamda raqamlashtirish bo‘yicha katta vazifa turibdi. Mamlakat iqtisodiyotning turli sohalarida bosqichma-bosqich o‘zgarishlar va raqamlashtirish joriy etilayotgani kuzatilmoqda. Qonunchilik darajasida, shu jumladan regulyator darajasida raqamli banklarning rivojlanishiga yordam beradigan turli xil me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda.

Biroq raqamlashtirish hamma joyda ham yetarli darajada amalga oshirilmaydi, shuning uchun barcha yechimlarni amaliyotga tatbiq etish oson emas. Shuningdek, bozorda yuqori malakali mutaxassislar yetishmayapti. Bu qiyinchilikning kichik bir qismi. Ko‘nikmalar bor, lekin ular ko‘proq bo‘lishi kerak.

Yana bir fikrni ta’kidlash mumkin — jamoatchilikning raqamli banklarga bo‘lgan ishonchi. Hali ham raqamli mahsulotlarga hadik bilan qaraydigan mijozlar bor. Shu bois bugungi kunda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish zarurati mavjud.

Banklar moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun nima qilmoqda?

Banklar moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun turli xil o‘quv tadbirlarini o‘tkazmoqda. Jismoniy shaxslar uchun bank mahsulotlari tushunarli bo‘lsa, kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning xususiyatlari, masalan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritishning nozik jihatlari bilan tanishtirish kerak bo‘ladi — Yangi Bank ushbu yo‘nalishda treninglar o‘tkazmoqda.

“Masalan, biz kichik va o‘rta biznes uchun taklif etilgan mutaxassislar ishtirokida o‘quv tadbirlarini o‘tkazyapmiz. Xususan, Rossiya, Xitoy va Turkiya bilan qanday biznes yuritish haqida „Murakkab mavzular haqida sodda tilda“ ruknida bir nechta onlayn vebinarlar o‘tkazdik. Fikr-mulohazalar ijobiy bo‘ldi,jismoniy shaxslar uchun esa Telegram`da o‘quv botini ishga tushirdik”, — dedi Svetlana.

Bank bozorda qancha vaqtdan beri mavjud va nima qilishga ulgurdi?

Bank bozorda bir yildan beri faoliyat yuritmoqda. Shu vaqt ichida Yangi Bank bank va IT sohalaridan ajoyib jamoani to‘pladi. U xalqaro darajaga mos keladigan va moliyaviy texnologiyalar hamda juda mustahkam IT komponentga ega bank aralashmasidan iborat kompaniya yaratdi.

Bank jismoniy shaxslar uchun omonat ochish va mikrokredit olish imkoniyati mavjud bo‘lgan mobil ilovani ishga tushirdi. Shuningdek, bank jamoasi kichik va o‘rta biznes uchun masofadan turib hisobvaraq ochish hamda yuritish imkoniyatini taqdim etadigan internet-banking xizmatini yaratdi.

yangi bank, реклама

Bank boshqaruvining ayol raisi bo‘lish qanday hislarni uyg‘otadi?

Bank foliyatida gender mansublik farqlanmaydi. Asosiy jihat — professionallik, tajriba, malaka — bank doim shu nuqtayi nazarga amal qiladi . Ammo murakkablik masalasiga qaytilsa, bu yerda yaratilayotgan barchasi har qanday holatda ham jamoaviy ish ekanini va barcha natijalarga kuchli jamoa tufayli erishilganini ta’kidlash kerak.

yangi bank, реклама

Bank qanday sifatlarga ega mutaxassislarni ishga qabul qiladi?

Yangi bank ochilayotgan hamda barcha jarayonlar noldan qurilayotgan vaqtda jamoa tajribali va malakali odamlardan iborat bo‘lishi muhim. Birinchidan, Yangi Bank o‘z sohasidagi haqiqiy mutaxassislarni jalb qiladi. Ikkinchidan, avtonomlik — xodim to‘laqonli mutaxassis bo‘lishi, mustaqil ishlay olishi, qarorlar qabul qilishi va vazifalarni oxiriga yetkazishi kerak. Uchinchidan, inson hayotining salmoqli qismini ishda o‘tkazadi, shuning uchun kompaniya ko‘pqirralilik, yumor tuyg‘usi va ko‘ngilchanlilik kabi fazilatlarga e’tibor qaratadi.

Bank uchun bular nafaqat ish jarayonlarini samarali uddalaydigan, balki jamoada ijobiy muhit yaratadigan odamlardir. Bunday xodimlar bankning umumiy rivojlanishiga o‘zlarining professional hissalarini qo‘shibgina qolmay, kompaniyada shaxsiy va martabaviy maqsadlariga ham erishishlari mumkin.

Sayt: business.yangi.uz
Facebook: fb.com/yangibank.business.official
Instagram: @yangibank.business.official
Telegram: t.me/yangibank_official

Reklama huquqlari asosida.