Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Rafiqjon Qo‘ldoshevich Jalilov o‘z lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”ga huquq-tartibot idoralaridagi manba.

U bu lavozimda 2019-yilning mart oyidan beri ishlab kelmoqda. Bungacha polkovnik poytaxt YHXB yo‘l brigadasi maxsus bo‘linmasi komandiri lavozimida ishlagan.

иибб йҳхб, lavozimidan ozod қилинди

May oyidan buyon Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i vazifasini Jalilovning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muhammad Odilov bajarib kelayotgan edi.

YHXB rahbariyati o‘zgargani haqida rasman e’lon qilinmagan. Sababi esa noma’lum.

18-iyul kuni polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Sherzod Ibragimov egalladi.