20-iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborining Burchmulla suv havzasida 2 nafar fuqaro jarohat olib, vafot etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, suv havzasiga dam olish maqsadida kelgan zangiotalik 19 yoshli fuqaro suv skuteri (gidrotsikl)ni haydash vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga borib urilgan.

Buning oqibatida katamaranda bo‘lgan 2 nafar Farg‘ona viloyatidan kelgan fuqaro tan jarohati olgan. Hodisa oqibatida fuqarolar olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB va prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.