Iqtisodiyot

dayjest

Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish boshlangani e’lon qilindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Humo davlat to‘lov tizimini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi. Davlat ulushi “muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish” usuli orqali sotiladi.


dayjest

ACWA Power O‘zbekistondagi ikkita shamol elektr stansiyasining 35 foiz ulushini sotdi

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonning Buxoro viloyatidagi ikkita shamol elektr stansiyasining 35 foiz ulushini sotdi. Xaridor China Southern Power Grid International bo‘ldi.


dayjest

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Dugoba” alpinistlar lagerini tiklashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiylari turizmni rivojlantirish doirasida “Dugoba” alpinistlar lagerini tiklash, shuningdek, Qadamjo — Shohimardon yo‘nalishidan birgalikda foydalanishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.


dayjest

“ToshuyjoyLITI” va “Uzinjiniring” loyiha institutlarini xususiylashtirish boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “ToshuyjoyLITI” loyiha instituti ustav kapitalidagi 61,6 foiz, shuningdek, “Uzinjiniring"ning 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Konsultant sifatida Abrau Capital ishlaydi.


Jamiyat

dayjest

Davlat granti bo‘yicha 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezident farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi. Shu yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi.


dayjest

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tariladi

O‘zbekistonda ish haftasi biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Chorshanba kunidan boshlab harorat ko‘tarilishi kutilmoqda, havo +38…+43 darajagacha qiziydi.


dayjest

Jumagacha O‘zbekistonning 4 viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Seshanbadan jumagacha Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.


dayjest

Madaniyat vaziri ishtirokida reklama olgan kiyim do‘koni jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklama qilgan kiyim do‘konini “Raqobat to‘g‘risida"gi qonunni buzgan deb topdi. Bunda vazirning xatti-harakatlarida qonun buzilishi aniqlanmadi.


dayjest

Soliq qo‘mitasi raisi do‘konda QR-kodli chek so‘ragan bolaga shaxsan minnatdorchilik bildirdi

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev do‘konda QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi urgan bola bilan uchrashdi. U bolaga minnatdorchilik bildirdi va “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” dedi. Sotuvchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.


dayjest

Samarqandda Nexia 3 ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi

Nurobod tumanida Nexia 3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Oqibatda bir yo‘lovchi vafot etdi, haydovchi shifoxonada davolanmoqda.


dayjest

Chorvoqda gidrotsikl katamaranga kelib urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda.


dayjest

Akademik litseylarga kirish imtihonlari 25−26-iyul kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari 25 va 26-iyul kunlari o‘tkaziladi. Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha bo‘ladi.


dayjest

Sirdaryoda QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi 15 sutkaga qamaldi

Gulistonda QR-kodli chek so‘ragan 12 yoshli bolaga tarsaki tushirgan do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” deya bolaga minnatdorchilik bildirgandi.


dayjest

Toshkent viloyatida 13 yoshli o‘gay qiziga muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga hukm o‘qildi

Zangiota tumanida ayol bir yil davomida 13 yoshli o‘gay qizini do‘pposlab va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohatlari yetkazib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.


dayjest

Yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda. 2023-yilda tug‘ma nuqson va irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalarning 9,7 foizi yaqin qarindoshlar o‘rtasida bo‘lgan.


dayjest

Qibrayda mayning ferma tashkil qilib, 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Qibray tumanida uyidagi 8 to‘plam mayning qurilmasini umumfoydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi. Shu kabi holat Yuqori Chirchiq tumanida ham aniqlandi.


dayjest

Qashqadaryo daryosidan noqonuniy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologlar ikki holatda Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinganini aniqladi. Umumiy hisobda tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!