Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25-iyul kuni ikkinchi smenada (faqat Toshkent shahrida) va 26-iyul kuni ikki smenada (barcha hududlarda) bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.

Test sinovlari uchun 1-smena — 09:00 da, 2-smena — 15:00 da boshlanadi. Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.