Toshkent viloyati Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Qibray tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Guliston mahallasida yashovchi Q.T. ushlangan. U uyida 8 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullangan va davlat va jamiyat manfaatlariga 1,2 milliard so‘m zarar yetkazgan.

Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumani Sultonravot mahallasida yashovchi J.Sh. ham qonunga xilof ravishda mayning bilan shug‘ullanib kelayotganda qo‘lga tushgan. U ArtMiner S9-mayning qurilmasidan foydalanish orqali 50,7 million so‘m zarar yetkazgan.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.