Hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, shimolda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Faqat tog‘li hududlarning ba’zi joylarida mahalliy xususitga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dushanba va seshanba kunlari havo harorati +36…+39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +40…+41 darajagacha bo‘ladi.

Chorshanba kunidan va ish haftasining oxirigacha harorat 2−3 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo +38…+41, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha isiydi.

Shamol 7−12 metr/sukund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 metr/sukundgacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Toshkent shahrida 22−25-iyulda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 metr/sukund tezlikda esadi. Dushanba kunduzi harorat +36…+38 daraja bo‘ladi, so‘ng ish haftasining oxirigacha +39…+41 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.