Siyosat

dayjest

Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning yangi tayinlangan elchisi Manfred Hutererdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekistonning yangi turizm brendi yaratiladi

O‘zbekiston uchun yangi milliy turizm brendi yaratiladi. Buning uchun tanlov oktabrgacha o‘tkazilishi kerak. Hozirgi brend 2013-yilda ro‘yxatga olingandi.


dayjest

Turizm sohasi tadbirkorlari import qiladigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-avgustgacha turizm sohasidagi tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Shuningdek, faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasining 50 foizi qoplanadi.


dayjest

Barcha avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini olish imkonini beradigan yagona platforma ishga tushiriladi

1-dekabrgacha O‘zbekistondagi barcha avia, temiryo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi. Avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qilinadi.


dayjest

Raqobat qo‘mitasi 1,4 mlrd so‘mlik tender yuzasidan Ma’naviyat markaziga qarshi ish qo‘zg‘atdi

Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘tkazgan boshlang‘ich summasi 1,4 mlrd so‘mlik tenderda qonun buzilishi alomatlari aniqlandi, deb xabar qildi Raqobat qo‘mitasi. Tashkilotga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.


Jamiyat

dayjest

Deputatlar infoqalloblarga qarshi kurashish bo‘yicha qonun qabul qildi

O‘zbekiston deputatlari aldov yo‘li bilan pul ishlab olmoqchi bo‘lgan “soxta trener va lektorlar"ning ma’ruzalari ko‘paygani sababli ma’rifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun qabul qildi. Deputatning aytishicha, bunday tadbirlar, jumladan, ko‘pxotinlilik, jinsiy kamsitish va feminizmni targ‘ib qiladi.


dayjest

Professor Abdulaxat Qahhorov Toshkentdagi xonadonida o‘ldirib ketildi

Professor, sotsiologiya fanlari doktori Abdulaxat Qahhorov Toshkentdagi xonadonidan o‘lik holda topildi. Bosh prokuratura gumonlanuvchi qo‘lga olinganini ma’lum qildi va qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


dayjest

Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tish kerakligi belgilanmoqda. Psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ushbu faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.


dayjest

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda

Mudofaa vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchining zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular tez orada mamlakat qo‘shinlariga yetkaziladi. Transportyor yuqori aniqlikda o‘t ochishga mo‘ljallangan, “Tarlon” esa ekipaj va qo‘shinlarni o‘qotar qurollardan himoya qiladi. (foto, video)


dayjest

Samarqandda So‘g‘d madaniyatiga oid ibodatxona va noyob devoriy suratlar topildi. Foto

Samarqand arxeologiya instituti xodimlari Urgutdagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligidan VII-VIII asrlarga oid ibodatxona o‘rni va devoriy suratlarni topdi. Hozirda qazuv ishlari davom etmoqda. Devoriy suratlarni saqlash va nusxa ko‘chirish ishlari boshlandi.


dayjest

Toshkentda yana bir qiz salbiy izoh yozgan viloyatliklarni haqorat qilgani uchun 10 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz Instagram’da salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida behayo so‘zlar bilan viloyatliklarni haqorat qildi. Sud unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Bu iyul oyining o‘zida viloyatliklarni haqorat qilganlarga chora ko‘rish bilan bog‘liq 3-holatdir.


dayjest

Poytaxt hokimligi Kulolchilik bog‘i konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Poytaxt hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi shahar aholisini Mirobod tumanidagi Kulolchilik bog‘i konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etishga chaqirdi.


dayjest

Samarqandda qurilish kompaniyasi 31 tup daraxtni kesib tashlagani aniqlandi

Samarqand shahridagi bog‘chada qo‘shimcha bino qurish vaqtida 30 tup qimmatbaho, 1 tup kam qimmatli daraxtni kesib tashlagan korxona tabiatga 260 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Jahon

dayjest

Boy mamlakatlar migrantlarni tobora kamroq xohlayapti — Economist

Boy davlatlar muhojirlar soni ortib borayotganiga qarshi “qo‘zg‘olon ko‘tarib”, migratsiya siyosatini kuchaytirmoqda. Bu esa o‘z natijalarini bermoqda — migratsiya bumi nihoyasiga yetayotgandek, ammo bunday choralar iqtisodiyotga katta zarar yetkazishi mumkin, deb yozdi The Economist.


dayjest

Kamala Harrisni prezidentlikka nomzodlik uchun yetarlicha demokrat qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh vitse-prezidenti Kamala Harrisni Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarlicha delegat qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblaydi AP. Rasmiy ovoz berish avgust oyida bo‘lib o‘tadi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli startga qaramay, Harrisni “ancha qiyinroq muammolar” kutib turibdi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!