Telegram`dagi “G‘azna” kanali Ma’naviyat va ma’rifat markazi qadriyatim.uz va tanlov.manaviyat.uz saytlari va mobil ilovalarini, shuningdek, markaz veb-portalini yaratish uchun tender o‘tkazgani haqida yozgandi. Raqobat qo‘mitasi ushbu davlat xaridini o‘rganib chiqdi.
Natijada boshlang‘ich narxi 1,4 milliard so‘mlik tender savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi (Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar) talablariga rioya qilinmagani alomatlari borligi aniqlandi. Holat yuzasidan Ma’naviyat va ma’rifat markaziga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
“Natijasi haqida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, ushbu tenderda 85 ball, 1,2 milliard so‘m narx taklifi bilan United IT Company g‘olib bo‘lgan.