Siyosat

dayjest

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni: U bu kunni qanday o‘tkazadi?

Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 67 yoshga to‘ldi. Davlat rahbari matbuot kotibining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, prezident bu kunni ish joyida, kechqurun esa oilasi davrasida o‘tkazadi.


Iqtisodiyot

dayjest

O‘zbekiston yil boshidan beri gaz importini 4 barobar oshirdi, iyunda eksport keskin o‘sdi

Birinchi yarimyillikda O‘zbekistonga gaz importi 809 mln dollardan oshdi, bu 2023-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichdan 4 barobar ko‘p. “Ko‘k yoqilg‘i” eksporti iyun oyida keskin o‘sib, 181,5 mln dollarni tashkil etdi, bu may oyiga nisbatan 24 barobar ko‘p.


Jamiyat

dayjest

Surxondaryodagi xonadonlarning biriga kirib qolgan bo‘ri tabiatga qo‘yib yuborildi

Denov tumanidagi xonadonlarning biriga bo‘ri kirib qoldi. Mutaxassislar tomonidan jonzotning salomatligi ko‘zdan kechirilib, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududiga qo‘yib yuborildi.


dayjest

Surxondaryoda Nexia bilan to‘qnashgan Damas jarlikka quladi

Sariosiyo tumanida Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘ldagi Nexia 3 bilan to‘qnashib, jarlikka quladi. Oqibatda undagi 17 yoshli yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Toshkentda niqobli ikki shaxs o‘zganing uyi oldidagi daraxtni kesib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs o‘zga bir fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketdi. Ular qo‘lga olingan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


dayjest

Olti oyda noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullangan salkam 300 kishiga jarima qo‘llandi

Olti oyda ov qilish qoidalarini buzgan 298 nafar shaxsga nisbatan jami 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Qator hududlarda muddati o‘tgan ov yo‘llanmalardan foydalanilgani aniqlandi.


dayjest

Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi

O‘zbekistonda Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi. 2024/2025 o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yilad i


dayjest

Oq qayiqda — maqsad sari: Parij-2024 Paralimpiadasiga yo‘llanma olgan Muhayyo Abdusattorova hikoyasi

U irsiy kasallik tufayli 3 yoshida yurolmay qolgan, 12 yoshigacha bunga “svet” yo‘q payti qilingan ukolni sabab deb bilgan. “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritgan Muhayyo Abdusattorova.


dayjest

Ombudsman harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylardan yarim yillik monitoring natijalarini e’lon qildi

Ombudsman yarim yil ichida 452 marotaba jazoni ijro etish koloniyalari, tergov hibsxonalari, reabilitatsiya markazi, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari va boshqa joylarga borib, monitoring o‘tkazdi. Shuningdek, joylarda saqlanayotganlar va ularning yaqinlaridan kelgan 1271 ta murojaatni o‘rganib chiqdi. Hisobo t


dayjest

O‘zbekistonda Notcoin sotgan yana bir shaxs 10 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida Notcoin savdosi bilan shug‘ullangan 21 yoshli shaxs 10 sutkaga qamaldi. Ayblanuvchining smartfoni tegishli tartibda yo‘q qilindi.


dayjest

O‘zbekistonda yaqin besh kun juda issiq bo‘ladi

O‘zgidromet 25−29-iyul kunlari keskin jazirama bo‘lishi haqida xabar berdi. Shu kunlarda havo harorati +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida +44…+45 darajagacha ko‘tariladi.


Sport

dayjest

“Anjanliklar keldi!” Andijonlik futbol muxlislari va ularning o‘zbek futboliga ta’siri haqida

“Andijon” FK muxlislar harakati butun boshli shoular uyushtiryapti. Ularning chiqishlari videosi ijtimoiy tarmoqlarda millionlab marta ko‘rilyapti, tribunadagi muhit esa Yevropa stadionlaridagi manzaralarni eslatadi. “Gazeta.uz” fan-klub tarixi va uni kuchli qilayotgan jihatlar haqida hikoya qiladi.


dayjest

O‘zbekiston Olimpiadadagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol o‘yini bilan boshlaydi

O‘zbekiston terma jamoasi Parijdagi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi futbol uchrashuvi bilan boshlaydi. O‘yin 24-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.


dayjest

Xulian, Ashraf, Fermin, Eldor: Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan 11 mashhur futbolchi

Bugun Parijdagi Olimpiya o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha bahslar start oldi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk ishtirokini Ispaniyaga qarshi uchrashuv bilan boshladi. “Gazeta.uz” musobaqaning futbol bo‘yicha bahslarida dunyoning qaysi yulduzlari to‘p tepishi haqida qisqacha ma’lumot beradi.


dayjest

O‘zbekiston futbolchilari Olimpiadadagi ilk uchrashuvda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (video)

O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiadadagi tarixiy debyuti raqiblar reytingiga to‘liq mos tushdi. Ispaniyadan mag‘lubiyat 1:2 nisbatdagi kichik farqni aks ettirdi. Futbolchilar munosib o‘yin ko‘rsatdi, endi qolgan o‘yinlar turnirning chorak finaliga yetaklashi kerak.


Jahon

dayjest

21-iyul dunyodagi eng issiq kun bo‘ldi

21-iyul, yakshanba kuni 1940-yildan beri boshlangan kuzatuvlar tarixidagi rekord darajadagi issiq kun bo‘ldi. Yevropa iqlim xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni sayyorada o‘rtacha harorat Selsiy bo‘yicha 17,09 darajaga yetgan.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!