Haftaning ikkinchi yarmi, 25−29-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab juda issiq havo kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet direktori Sherzodxo‘ja Xabibullaxo‘ja Facebook`da.

Kunduzi havo harorati respublikaning Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari aksariyat hududlarida +40…+43 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarida +44…+45 darajagacha ko‘tariladi.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 20−23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet sinoptiklari Jahon meteorologiya tashkiloti qoidalariga ko‘ra havo harorati qanday o‘lchanishini tushuntirgan edi.

O‘tgan yili Sog‘liqni saqlash vazirligi jaziramadan qanday saqlanish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi.