“APEX INSURANCE” AJ O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni mamnuniyat bilan e’tirof etdi va ularga milliy terma jamoani xalqaro arenada yuqori natijalarga erishishini ta’minlash yo‘lidagi beqiyos faoliyati uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

APEX INSURANCE O‘zbekiston terma jamoasi sportchilarini qo‘llab-quvvatlashga hamda ularning g‘ayrat-shijoati va mahorati tufayli jahondagi nufuzli sport musobaqalarida O‘zbekiston madhiyasi yangrab turishi va davlat bayrog‘i baland ko‘tarilishining guvohi bo‘lishga chaqiradi.


“APEX INSURANCE” AJ 2018-yildan buyon faoliyat yuritadi va O‘zbekiston bo‘ylab 170 dan ortiq alohida bo‘linmalariga ega. O‘zbekiston sug‘urta bozorining yetakchisi bo‘lgan “APEX INSURANCE” AJ — sug‘urta mukofoti, sug‘urta tovoni, aksiyadorlik kapitali va aktivlar hajmi bo‘yicha peshqadamlardan biri hisoblanadi.

Telefon: 1188.

Sayt: apexinsurance.uz
Facebook: fb.com/apexinsurance.uz
Instagram: @apexinsurance.uz
Telegram: t.me/apexinsurancee

Reklama huquqlari asosida.