Iqtisodiyot

dayjest

Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz etib belgiladi

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz etib belgiladi. Ushbu qaror inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganini inobatga olib qabul qilindi.


dayjest

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 25 foizga oshdi, Rossiyaning ulushi kamayishda davom etmoqda — MB

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 25 foizga oshib, 6,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy bankning dastlabki prognozlaridan ikki barobar ko‘p. AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya va Polshadan tushumlar keskin oshdi. Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda.


dayjest

Sud “Navoiyazot"ning Raqobat qo‘mitasiga da’vosini qanoatlantirmadi

Iyun oyida Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot"ni o‘g‘itlar narxini oshirib yuborganlikda ayblab, uning 20,5 mlrd so‘m asossiz daromadini undirishga qaror qilgan edi. Kompaniya ayblovga qo‘shilmadi va qo‘mita qarori ustidan shikoyat qildi, biroq sud da’voni rad etdi.


dayjest

Zargarlik buyumlariga import bojxona bojlari 20% dan 10% gacha pasaytiriladi

1-noyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumush, 65 grammgacha bo‘lgan tilla tayyor zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, undan yuqori og‘irlikdagilarini esa deklaratsiya asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etiladi.


Jamiyat

dayjest

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Agar bu holat kuzatilsa bemorga birinchi tez yordam ko‘rsatish tartibini tushuntirib o‘tdi.


dayjest

Farg‘onada 7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Marg‘ilonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti qurilmalarini gaz hisoblagichga ulamay, tarmoqdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 7,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar tegishli organga yuborildi.


dayjest

Qoraqalpog‘istonda Lacetti va Cobalt ishtirokidagi YTH oqibatida 8 kishi vafot etdi

Qo‘ng‘irot tumanida Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘ldagi Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 haydovchi va 1 yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana 5 kishi shifoxonada vafot etdi.


dayjest

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi

Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi mavsumiy avtobuslar qatnovi kuniga 4 martagacha ko‘paytirildi. Yo‘lkira narxi 20 000 so‘m.


dayjest

Isroil elchisi haqidagi izohi uchun IIBga chaqirilganda janjal ko‘targan erkak 10 sutkaga qamaldi

Telegram kanalda missiyasini yakunlayotgan Isroil elchisi haqidagi postga izoh yozgan erkak IIBga chaqirtirildi. U idora binosi yaqinida “xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmagan va so‘kingan”. Bu uchun erkak 10 sutkaga qamaldi.


dayjest

Polshada O‘zbekiston fuqarosi ukrainalik o‘smirlarga hujum qilmagan, o‘zini himoya qilgan — elchixona

O‘zbekiston fuqarosi Polshada 15 yoshli ukrainalik o‘smirlarga hujum qilgani yo‘q, u o‘zini himoya qilgan, deya xabar qildi O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi. Yigit firibgarlar unga bosqinchilik uyushtirganini aytdi. Fuqaroga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi.


dayjest

Toshkentda Lacetti beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Mirobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti beton ustunga borib urildi. Oqibatda haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Samarqandda elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi 7 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Urgut tumani elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi tadbirkordan 14 ming dollar so‘rab, undan 7 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda.


dayjest

“Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga mo‘ljallangan “Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida 500 o‘rinli Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi. 1-sentabrga qadar zarur ishlar amalga oshirilib, tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.


Sport

dayjest

“Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”. Eldor Shomurodov — Ispaniya bilan uchrashuv haqida

Olimpiada o‘yinlarining futbol bo‘yicha guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Futbolchi Eldor Shomurodov o‘yin haqida fikr bildirib, jamoa kichik xatolar evaziga yutqazganini aytdi. “Guruhda o‘zimizga teng raqiblarimiz bor. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”, dedi u.


dayjest

Timur Kapadze Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida gapirdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Fransiyadagi Olimpiya shaharchasida muammolar ko‘pligi haqida ma’lum qildi. “Olimpiya shaharchasiga kelganimizdan beri har kuni qandaydir voqealar sodir bo‘lmoqda. Hali avtobus kelmaydi, hali avtobuslar yo‘lda adashib qolmoqda”, — deydi jamoa murabbiyi.


Jahon

dayjest

KXDR Janubiy Koreyaga chiqindi sharlarini uchirishda davom etmoqda, ulardan biri prezident qarorgohiga tushdi

Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan chiqindi to‘ldirilgan sharlardan biri Janubiy Koreya prezidenti idorasi binosiga kelib tushdi. May oyidan beri Pxenyan janubga 3000 dan ortiq shunday sharlarni uchirdi.


dayjest

“Demokratiya har qanday unvondan muhimroq”. Bayden saylovdan nega voz kechganini izohladi

Jo Bayden Amerika xalqiga murojaatida uning shaxsiy ambitsiyalari demokratiya yo‘liga to‘sqinlik qilmasligi kerakligini aytdi. “Men bu lavozimni qadrlayman. Ammo vatanimni ko‘proq sevaman”, — dedi u saylovdan chiqish qarorini izohlab. Bayden “estafetani yangi avlodga topshirish” zarurligini aytdi.


dayjest

AQSh Maxfiy xizmati rahbari Trampga suiqasddan so‘ng iste’foga chiqdi

AQSh Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl sobiq prezident Donald Trampga suiqasd uyushtirilgani sababli tanqidlar ostida iste’foga chiqdi. U bu voqea Maxfiy xizmatning so‘nggi o‘nyilliklardagi “eng katta muvaffaqiyatsizligi” ekanini tan oldi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!