Fransiyada hali Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi boshlanmay turib, ayrim sport yo‘nalishlarida saralash dasturlari start oldi. “Gazeta.uz” o‘zbekistonlik sportchilarning musobaqadagi ishtirokini doimiy yoritib boradi. Xususan, 24-iyul kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yurishini boshlab, Ispaniyaga qarshi o‘yinda imkoniyatni boy berdi.

25-iyul kuni kamonchilar debyut qildi. Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakkalik dasturida dastlabki saralash bahsini o‘tkazdi.

Ziyodaxon Abdusattorova 1-saralash bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Kamonchi 64 nafar sportchi ichida 649 ochko to‘plab, 34-o‘rinda bormoqda. Bu orqali u o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.

amirxon sodiqov, kamondan otish, olimpiya o‘yinlari, o‘zbekiston, parij-2024, ziyodaxon abdusattorova

Skrin: olympics.com

U 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi. Unga mazkur davrada chexiyalik Mariye Xorachkova raqiblik qiladi. Xorachkova saralash bahslarida 651 ochko bilan 31-natijani qayd etdi. Ziyodaxon Abdusattorova OAVga bergan intervyusida keyingi bosqichlarda ham yaxshi natijalarni ko‘rsatishga harakat qilishini aytdi.

amirxon sodiqov, kamondan otish, olimpiya o‘yinlari, o‘zbekiston, parij-2024, ziyodaxon abdusattorova

21 yoshli Amirxon Sodiqov ham 1-saralashdagi ishtirokini yakunladi. U 72 urinishda 674 ochko jamg‘arib, 13-o‘rinni egalladi. Endi u 31-iyul kuni 1/32 final bosqichida argentinalik Mario Damian bilan bellashadi. Raqib saralash bosqichida 643 ochko bilan 52-pog‘onada bormoqda.

amirxon sodiqov, kamondan otish, olimpiya o‘yinlari, o‘zbekiston, parij-2024, ziyodaxon abdusattorova