Toshkentdan Bo‘stonliq tumanining Humson qishlog‘iga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi ko‘paytirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da jo‘naydi.
Chorvoqdan (Humsondan) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.
Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining Yutong avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.