Siyosat
O‘zbekistonda parlament saylovlari 27-oktabrda o‘tkaziladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 2024-yil 26-iyulidan boshlanishini e’lon qildi.
Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.
Iqtisodiyot
Yashil qurilish o‘zi nima va “yashil” standartlarga qanday rioya qilinadi?
Yangi Toshkent arxitektorlari shaharni binolar qurishning ekologik standartlariga muvofiq barpo etishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” ko‘tarma kran zavodi negizida qurilgan ombor misolida “yashil” standartlar nima ekanligi va ularga noturar joy obyektlarida nima uchun rioya qilish zarurligini haqida hikoya qiladi.
Avtomobil zavodi egasi O‘zbekistonga elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarishni taklif qilmoqda
KIA va Chery avtomobillari ishlab chiqaruvchi, shuningdek, gibrid va elektromobil ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirayotgan ADM Jizzakh rahbari O‘zbekistonga elektromobillar importi uchun to‘lovlarni qaytarishni taklif qildi. U avtomobillarni rasmiy diler orqali sotish tartibiga qaytishni ham so‘ramoqda.
BYD Uzbekistan Factory 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderga izoh berdi
BYD Uzbekistan Factory Sergeli tumanidagi portlash paytida shikastlangan va Xitoydan olib kelingan avtomobillarning bir qismi ta’mirlash uchun ajratib olinganini tasdiqladi. Kompaniya avvalroq 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha tender e’lon qilgandi. Mashinalar tizimdagi korxonalar orasida sotilmoqda.
O‘zbekistonda real oylik ish haqi ikkinchi chorakda deyarli o‘smadi
O‘zbekistonda joriy yilning ikkinchi choragida nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 foizga, real ish haqi (inflyatsiyani hisobga olgan holda) esa atigi 0,2 foizga oshdi. Deyarli barcha tarmoqlarda o‘sish sur’atlari sekinlashdi, qurilishda pasayish kuzatildi.
Jamiyat
Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi
O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari havo juda issiq bo‘ladi. Harorat +43…+45 darajagacha boradi.
Farg‘ona tumanidagi sel oqimi ko‘chalarni qum-shag‘alga to‘ldirdi
Farg‘ona tumani Shohimardon mahallasida sel oqimi qishloq vrachlik punkti hamda aholi xonadonlarini qum-shag‘alga to‘ldirdi. Viloyat FVBga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Hozirda maxsus texnikalar ish olib bormoqda.
Toshkentda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bola qutqarib qolindi
Yangihayot tumanidagi uylarning birida nazoratdan chetda qolgan 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni sog‘-salomat olib chiqdi.
DXX to‘rtta viloyatda narkotik hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotishga uringanlarni qo‘lga oldi
DXX Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlarida turli giyohvandlik va “Regapen” kabi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Narkotik moddalar va dorilarning aksariyati Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan (foto, video).
Tarix, tog‘lar, bog‘lar, dengiz va shifobaxsh suvlar: nima uchun Gruziyaga sayohat qilish kerak?
O‘zini Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik sifatida namoyon qiluvchi Gruziya noyob arxitekturasi, milliy taomlari va qiziqarli an’analari bilan ajralib turadi. Iyunda “Gazeta.uz” muxbiri Nurulloh Sharipov Kavkazning ushbu go‘zal mamlakatida bo‘ldi. Sayohat Easybooking kompaniyasi yordamida amalga oshirildi.
Toshkentda xavfli “manyovr"lar qilgan “garmoshka” avtobus haydovchisi ishdan olindi
Toshkentda “garmoshka” avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xavfli “manyovr"lar qildi. “Toshshahartransxizmat"ga ko‘ra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, “qora ro‘yxat"ga qo‘shildi, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritildi.
Andijonda 2 ta “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita “zapravka” jami 8 mlrd 921 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan lenta shou bekor qilindi
Tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida osmondan lentalar yog‘dirilishi aytilgan video tarqaldi. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi bunday harakatlarning tabiatga zararini tushuntirdi. Tashkilotchilar animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatishi reja qilinganini ma’lum qildi, shunga qaramay shou bekor qilindi.
YHXXning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonun buzilishi holati aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish maqsadida o‘tkazgan 26,5 mlrd so‘mlik tenderida “Raqobat to‘g‘risida"gi qonunining buzilgani aniqlandi.
Andijonda 17 yoshli bola Katta Farg‘ona kanalida oqib ketib, halok bo‘ldi
Katta Farg‘ona kanalining Marhamat tumanidan o‘tgan qismida cho‘milayotib, ehtiyotsizlik oqibatida oqib ketgan 17 yoshli bola halok bo‘ldi. Prokuratura tekshiruv ishlarini boshladi.
Foto: Zarqaynarda sim va quvurlar yer ostiga o‘tkazilmoqda
Toshkentda Hastimom-mahallaning Zarqaynar ko‘chasi va unga yondosh berk ko‘chalarda kommunikatsiya tarmoqlari yer ostiga o‘tkazilmoqda. Olmazor tumani hokimi mahalla ahli bilan uchrashuvda “bu ko‘chadagi uylar endi buzilmasligi"ni aytgan. Aholi bu ishlar “ko‘zga ko‘rinarli joy"lar bilan cheklanib qolishidan xavotirda.
Ekologiya vazirligiga ovchilik faoliyatiga doir qo‘shimcha vakolatlar berildi
Prezident farmoni bilan, ov qilish va ovchilik xo‘jaligini tashkil etishning yangicha tartibi o‘rnatildi. Endi ov faqat xo‘jalik hududida amalga oshiriladi, ov yerlari auksionda 49 yilga beriladi, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytiradiganlar soliq imtiyozlari oladi. Ekologiya vazirligiga qo‘shimcha vakolatlar yuklandi.
Xorazmdagi bog‘chada 3 yoshli qiz kaltaklangani aniqlandi
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi 3 yoshli qiz kaltaklandi. Holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, deb yozdi bolalar ombudsmani.
Madaniyat
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-iyul)
“Dedpul va Rosomaha” va yana uchta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, ko‘rgazmalar, Tohir Sodiqov konserti, yulduzli festival, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Sport
Foto: Parij — Olimpiya o‘yinlari ochilishi arafasida
Parijda 26-iyul kuni 2024-yilgi yozgi Olimpiada rasman ochiladi. To‘rt yillikning eng katta sport tadbiri arafasida Fransiya poytaxti Olimpiya ranglari va ramzlari bilan to‘ldi. Shaharda xavfsizlik choralari ham kuchaytirilgan. “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin Parijdan olimpiyaoldi fotoreportaj tayyorladi.
Timur Kapadze Misr bilan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi
O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Misr bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi. U bo‘lajak raqibning kuchli tomonlari hamda imkoniyatlarini yaxshi bilishlarini va oldingi o‘yindan kerakli xulosalar chiqarilganini ta’kidladi.
Jahon
Fransiyada Olimpiadaning ochilish kuni temiryo‘lda sabotaj yuz berdi
Parij Olimpiadasi ochilishi kuni Fransiya temiryo‘l tarmog‘ida sabotaj uyushtirildi. Vandallar bir necha muhim yo‘nalishlardagi signal qutilariga o‘t qo‘ydi, bu esa tezyurar poyezdlarning harakatiga jiddiy ziyon keltirdi.
Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!