2024-yilning 19−24-iyul kunlari Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha “Mirabror Usmanov CUP — 2024” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Mirabror Usmanov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi.

mirabror usmanov cup — 2024, реклама

Marhum davlat arbobi Mirabror Usmanov O‘zbekistonda sport rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Uning sa’y-harakati bilan mamlakatda bir qancha sport majmualari barpo etilgan. U yoshlarni sportga keng jalb etish, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga ulkan hissa qo‘shgan.

mirabror usmanov cup — 2024, реклама

Mirabror Usmanov xotirasiga bag‘ishlangan va o‘tkazish an’anaga aylangan navbatdagi turnirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Gvatemalaning futzal bo‘yicha milliy terma jamoalari ishtirok etdi.

Ushbu turnir 2024-yilning sentabr-oktabr oylarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Turnirning birinchi kuni qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. Birinchi turda Qirg‘iziston va Gvatemala terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi va natija 4:3 hisobida Qirg‘iziston foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston terma jamoasi bilan uchrashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

mirabror usmanov cup — 2024, реклама

Gvatemala terma jamoasi ikkinchi davradagi ilk o‘yinda Tojikiston termasiga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Keyin O‘zbekiston va Qirg‘iziston jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda vakillari 3:1 hisobida ustun keldi.

mirabror usmanov cup — 2024, реклама

Uchinchi turning ilk o‘yini Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida kechdi va 4:1 hisobida Tojikiston foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu turning navbatdagi o‘yinida O‘zbekiston va Gvatemala terma jamoalari maydonga tushdi. Keskin kechgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 5:4 hisobida zafar quchdi.

mirabror usmanov cup — 2024, реклама

Turnir jadvaliga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq g‘alabali seriya bilan birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston vakillari 3 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning har birida g‘alaba qozonib, 11 ta gol urdi va 7 ta gol o‘tkazib yubordi. Ushbu natija bilan jamoa maksimal 9 ochko jamg‘arish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Gvatemala terma jamoasi atigi bitta g‘alabaga erishdi va to‘plar nisbatiga ko‘ra 10−10 hisobi qayd etildi, bu esa ularga 3 ochko keltirdi. Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari ham bittadan g‘alaba va ikkita mag‘lubiyatga uchragan holda 3 ochko jamg‘ardi.

mirabror usmanov cup — 2024, реклама

Qayd etilgan umumiy natijalarga ko‘ra, finalda O‘zbekiston terma jamoasi Gvatemala terma jamoasi bilan to‘qnash keldi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z kuchini ko‘rsatdi va 7:4 hisobida g‘alaba qozonib, turnir g‘olibiga aylandi.

mirabror usmanov cup — 2024, реклама

“Mirabror Usmanov CUP — 2024” turniri nafaqat sport musobaqasi, balki O‘zbekistonda futzal rivojida muhim qadam bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyati sentabr-oktabr oylarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatida ham hamroh bo‘lishi kutilmoqda.

Reklama huquqlari asosida.