Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.

Xususan, Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “J.M.S.” MCHJ ga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagichning kamera qismidagi ichki detallar davlat standartlari talablariga nomuvofiq bo‘lgan. AGTKSH jami 4 mlrd 78 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahridagi “Sh.G.A.V.” MCHJga qarashli “zapravka”da ham xuddi shunday noqonuniy qurilma bo‘lgan.U jami 4 mlrd 843 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Marg‘ilonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti qurilmalarini gaz hisoblagichga ulamay, tarmoqdan noqonuniy foydalanishi oqibatda 7,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgandi.