O‘zbekistonda dam olish kunlari havo kam bulutli va juda issiq bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.

Respublikaning katta qismida havo harorati kunduz kunlari +38…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44…+45 darajagacha isiydi.

Shamol 7−12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20−23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Avvalroq O‘zgidromet rahbari ham 25−29-iyul kunlari havo keskin isishi haqida ogohlantirish bergandi.

“Gazeta.uz” poytaxtda kunning issiq vaqtida ko‘chada odamlarga mikrofon tutib, ular issiqqa qanday chidayotgani haqida so‘ragandi.