Andijon viloyati Marhamat tumanida 24-iyul kuni 17 yoshli bola Katta Farg‘ona kanalida oqib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Soat 13:30 atrofida S.S. (2007-yilda tug‘ilgan) kanalning o‘zi yashagan Qovunchi mahallasidan o‘tuvchi qismida cho‘milayotib, ehtiyotsizlik oqibatida oqib ketgan. Bosh prokuratura u halok bo‘lganini aytdi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Vaziyat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi, deyiladi xabarda.